"Barselona" Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik" Bilbaoni tor-mor keltirdi - 5:0.

O'yinda 2 ta gol va 1 ta assist muallifi bo'lgan Rafinya finaldagi raqib haqida fikr bildirdi.

"Biz o'zimizga e'tibor qaratishimiz kerak. Kim g'alaba qozonishidan qat'i nazar, biz tayyormiz," - dedi Rafinya.

"Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real" yoki "Atletiko" bilan o'ynaydi. Madrid derbisi ertaga, final bahsi 11 yanvar kuni bo'lib o'tadi.