Rafinya "Barselona" tarkibidagi eng muhim vazifasi nima ekanligini aytdi

"Barselona" vingeri Rafinya Dias La Liga doirasida "Alaves"ni mag'lubiyatga uchratishga yordam berib, golli uzatma muallifiga aylandi. Uchrashuv shanba kuni bo'lib o'tdi va 3:1 hisobida kataloniyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Braziliyalik futbolchi 26-daqiqada Dani Olmoga assistentlik qildi.
Uchrashuv yakunlangach, Rafinya jamoaning to'psiz harakatida muhim rol o'ynashi haqida gapirdi.
"Eng yaxshi himoya hujumdan boshlanadi. Himoyachilarimizning ishini engillashtirishga harakat qilaman - to'pni qaytarish uchun imkon qadar ko'proq yuguraman. Men pressingni boshlashga, bosim uyushtirishda jamoadoshlarimga yo'l ko'rsatuvchi bo'lishga harakat qilaman. Men bu mas'uliyatni o'z zimmamga olaman," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Rafinya sentyabr oyidan beri ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. U yaqinda jarohatidan keyin safga qaytdi.