Hujumchi Rafinya 2022 yilda «Barselona»ga o'tgan davrini yodga oldi.

«O'shanda menda ko'k rangli London klubi va qizil rangli London klubidan takliflar bor edi. Ammo faoliyatimdagi eng to'g'ri qaror «Barselona» bilan shartnoma imzolash bo'lgan», — deya Rafinyaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Fabritsio Romano.

Rafinya 2022 yilda «Lids»dan «Barselona»ga 58 million evro evaziga o'tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi «ko'k-anorranglilar» safida barcha turnirlarda 33 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Rafinyaning qiymatini 80 million evroga baholamoqda.