Rafinya «Barselona»ni tark etishi haqidagi maqolaga munosabat bildirdi

«Barselona» vingeri Rafinya yozgi transfer oynasi oldidan o'z kelajagi borasida ikkilanayotgani haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirdi.
«Mening ehtimoliy ketishim haqida maqola yozgan jurnalist ilgari ham men haqimda boshqa yolg'onlarni tarqatgan edi. U go'yoki men klub rahbariyati bilan uchrashib, o'z shubhalarimni muhokama qilganimni, «Barselona»da qolish yoki qolmaslikni bilmayotganimni iddao qilmoqda. Bu odam faqat yolg'on gapirish bilan band. Har safar u biror voqeani e'lon qilsa, keyin uni o'chirib tashlashga majbur bo'ladi — doim yoki deyarli doim shunday. Uning og'zidan faqat bema'ni gaplar chiqadi», — deya Rafinyaning so'zlarini keltiradi BarcaTimes.
Rafinya yaqinda jarohatidan qutildi va 10 may kuni «Real»ga qarshi kechadigan «El-Klasiko»da maydonga tushishi kutilmoqda.