Rafinya «Barselona» ixtiyoriga qaytmoqda

«Barselona» vingeri Rafinya Dias tez orada jamoa bilan birga yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
The Touchline xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi Jahon chempionatida olgan sonning orqa mushagi jarohatidan so'ng shu haftadayoq «ko'k-anorranglilar» ixtiyoriga qaytishi kerak. Braziliyalik futbolchi tiklanish jarayonini yakunlamoqda va tez orada Angliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida jamoaga qo'shiladi.
Murabbiy Xans-Diter Flik hali ham Rafinyani hujumdagi asosiy figura deb hisoblaydi. Nemis mutaxassisi futbolchi umumiy guruhda mavsumga to'liq tayyorgarlik ko'ra olishiga umid qilmoqda. Kataloniya klubi turli mish-mishlarga qaramay, o'z yulduzini sotish niyatida emas.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar