«Barselona» vingeri Rafinya universallik unga klubning asosiy tarkibidagi o'rnini saqlab qolishga qanday yordam bergani haqida gapirib berdi.

«Barselona»ga kelganimda, faqat o'ngda o'ynashimga ishonchim komil edi. Boshqa variantlarni o'rgana boshlaganimda, boshqa pozitsiyalarga moslashish uchun etarlicha xotirjamlikka erishdim.

Lamin [Yamal] bilan teng raqobatlasha olaman deb aytib, ikkiyuzlamachilik qila olmaymiz, bu yolg'on bo'lardi. U nihoyatda iqtidorli, bundan ortiq hech narsa deya olmayman. Boshqa pozitsiyalarda o'ynaganim menga juda katta yordam berdi.

Bu erda, terma jamoada ham doimo aytamanki, maydondagi pozitsiyamdan qat'i nazar, bor kuchimni beraman», — dedi Rafinya.