Rafinya «Barselona»da Braziliya terma jamoasiga qaraganda ancha yaxshi o'ynashini tan oldi

«Barselona» futbolchisi Rafinya Dias klub darajasida Braziliya terma jamoasiga qaraganda ancha yorqinroq harakat qilishini inkor etmaydi. 24 yoshli vinger bir necha yildan beri dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblansa-da, milliy jamoada hozircha superyulduz maqomini mustahkamlay olgani yo'q.
«Barselona»da o'zimni terma jamoadagiga qaraganda ancha yaxshi ko'rsata oldim. Men munofiq emasman. Endigi maqsadim — xuddi shu darajaga bu erda, Braziliyada ham erishish. Agar odamlar mendan terma jamoada ham xuddi «Barsa»dagidek o'ynashni talab qilishayotgan bo'lsa, buni maqtov sifatida qabul qilaman. Bu ularning menga ishonishini anglatadi», — deya Rafinyaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
14 iyun kuni braziliyaliklar Jahon chempionatidagi ishtiroklarini Marokashga qarshi o'yin bilan boshlashadi.