Bu haqda AS xabar berdi.

29 yoshli braziliyalik futbolchining sobiq agenti ayni paytda Kataloniya klubining sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Deku edi.

Rafinya 2022 yilning iyulidan beri "Barselona"da to'p tepib kelmoqda, uning amaldagi bitimi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Oxirgi marta shartnoma 2025 yilning may oyida uzaytirilgandi.

Vinger 2026/27 yilgi mavsum 8 ta o'yinda 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt o'yinchining transfer qiymatini 70 million evroga baholamoqda.