Rafinya "Barselona" tarkibida Chempionlar Ligasida g'olib chiqishga intilishini ma'lum qildi.

"Men har doim asosiy maqsad EChLda g'alaba qozonish bo'lishi kerakligini aytganman, bu erga kelganimdan beri shuni aytaman.

Jamoa o'tgan mavsumga nisbatan etukroq bo'lganini ko'ryapman, biz ba'zi vaziyatlarda boshqacha harakat qilamiz.

Bu qiyin turnir, lekin g'alaba uchun hamma narsani qilamiz. Umumiy bosqichda dastlabki sakkizlikka kirmay turib, EChLni yutish "PSJ" tomonidan amalga oshirilgan bo'lishi mumkin," - dedi vinger "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan.

"Blaugrana" 4 o'yindan keyin 7 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.