Rafinya APL grandi qiziqish doirasiga tushib qoldi

"Barselona" vingeri Rafinya Angliya premer-ligasining top-klublaridan birining qiziqish doirasiga tushib qoldi.
So'z yuritilayotgan klub "Manchester Yunayted". “Qizil iblislar” braziliyalik futbolchining transferi muvaffaqiyatga asosiy kalit bo'lishiga ishonmoqda.
"Manchester Yunayted" Rafinya uchun 120-150 million evro taklif qilishga tayyor. "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarni hisobga olgan holda nazariy jihatdan rozi bo'lishi mumkin.