Rafinya: "Anchelotti meni juda hayratda qoldirdi"

Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya terma jamoaga bosh murabbiy Karlo Anchelottining ta'siri haqida gapirdi.
"U meni juda hayratda qoldirdi. Uning qanday ishlashi, futbolchilarga qanchalik yaqin bo'lishi katta farq qiladi. U kelganidan keyin biz yana aloqa o'rnatishni boshladik", - dedi Rafinya Sofascore’ga bergan intervyusida.
Kelgusi yozda Karlo Anchelotti boshchiligidagi Braziliya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida "selesao"ga Marokash, Gaiti va Shotlandiya raqiblik qiladi.