"Barselona" tarbiyalanuvchisi Rafinya Alkantara 32 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Braziliyalik futbolchi Qatarning "Al-Arabi" jamoasidan 2024 yil boshida ketganidan buyon jamoasiz edi.

Rafinya Alkantara Tiyago Alkantaraning ukasi hisoblanadi. U "Barselona" kattalar jamoasi, "Selta", "Inter", "PSJ" va "Real Sosedad" kabi jamoalarda ham o'ynagan.

Uning eng katta yutuqlaridan biri "Barselona" bilan 2015 yilgi Chempionlar Ligasi sovrini hisoblanadi.