Rafael Leau Italiya chempionatida narxi eng ko'p arzonlagan futbolchiga aylandi

Transfermarkt xabariga ko'ra, "Milan" hujumchisi Rafael Leau Italiya chempionatida narxi eng ko'p arzonlagan futbolchi bo'ldi.
Portugaliyalik hujumchining transfer qiymati 15 million evroga pasayib, hozirda 50 million evroni tashkil etmoqda. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha kuchli beshlikka quyidagilar kiradi: Kristian Pulishich ("Milan", 50 milliondan 40 million evrogacha pasaygan), "Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyazo (30 million evro, -10 million), "Fiorentina" forvardi Moyze Kin (32 million, -8 million) va "Yuventus" hujumchisi Lois Openda (25 million, -7 million).
26 yoshli Leau 2025/26 yilgi mavsumda 31 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Milan" bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.