"Liverpul"ning sobiq ustozi Rafael Benites hujumchi Aleksandr Isakning jamoasini o'zgartirgani haqida gapirdi.

25 yoshli shvetsiyalik futbolchi o'tgan transferlar davrida "Nyukasl"dan 144 million evro evaziga "Liverpul"ga o'tgan edi.

«Men sizga bir sirni ochaman. "Nyukasl"dagilar bilan gaplashdim, ular Isakni sog'inishyapti. U juda yaxshi o'ynardi, chaqqon harakat qilardi, dribling namoyish etardi. Menimcha, bu "Liverpul" uchun ajoyib xarid va "Nyukasl" uchun katta yo'qotish», - deya Benitesning so'zlarini keltiradi TNT Sports.

Isak yangi jamoadagi debyutini 17 sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Madridning "Atletiko" klubiga qarshi o'yinda o'tkazdi. U 58 daqiqa o'ynadi.