Rafael Benites murabbiylik ishiga qaytishga yaqin turibdi

"Liverpul" va "Napoli" klublarida ishlagan ispaniyalik mashhur mutaxassis Rafael Benites Gretsiya chempionatida ishlashi mumkin. Bu haqda Sport24.gr jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, murabbiy bilan shartnoma imzolashdan "Panatinaikos" klubi manfaatdor. Ayni paytda ispaniyalik Afinada bo'lib turibdi va klub vakillari bilan mehnat shartnomasini imzolash bo'yicha kelishib olmoqda.
Benites greklar bilan 2,5 yilga mo'ljallangan mehnat shartnomasi tuzishi mumkin. Mutaxassisning yillik maoshi besh million evroni tashkil etadi.
Benites o'tgan yili bahorda "Selta"ni tark etganidan buyon ishsiz.