Rafa Yuste «Barsa» prezidentligida vaqtinchalik Joan Laporta o'rnini egallaydi

“Barcelona” keyingi payshanba kuni prezidentlik saylovi kunini e'lon qilishni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko'ra, direktorlar kengashi yig'ilishi 22 yanvarga belgilangan va unda saylov uchun ma'qul kun muhokama qilinadi. 15 mart va 22 mart sanalari eng mos keluvchi sifatida ko'rilyapti.
Joan Laporta saylovoldi kampaniyasida ishtirok etib, o'z nomzodini qo'yish uchun prezidentlikdan iste'foga chiqqanidan keyin, uning o'rnini vitse-prezident Rafa Yuste egallaydi.