"Milan"ning yangi yarim himoyachisi Adrien Raboning qaysi raqam ostida to'p surishi ma'lum bo'ldi. U 12-raqamni tanladi, deya aniqlik kiritadi italiyalik jurnalist Franchesko Letitsiya.

Eslatib o'tamiz, "Marsel" Liga 1 birinchi turidan keyin jamoa kiyim almashtirish xonasida mushtlashib ketgan Rabo va Jonatan Rouni sotib yubordi.

"Milan" hozircha A Seriyaning 2-turidan keyin 3 ochko jamg'ardi.