Raboning "Marsel"dan ketishining asl sababi nima?

"Marsel" sport direktori Mehdi Benatia jamoaning kiyinish xonasidagi janjal mavzusiga to'xtaldi, buning oqibatida frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabo klubdagi o'rnini yo'qotgandi.
Benatianing so'zlariga ko'ra, Raboning klubdan ketishiga uning onasi Veronikaning aralashuvi sabab bo'lgan.
"Men Adrienni hurmat qilaman. Ammo uning oilasi aralashuvi bilan sodir bo'lgan voqea chegaradan oshib ketdi.
Vaziyat boshqacha hal qilinishini istardim. Lekin endi unga eng yaxshi tilaklarni aytaman", dedi Benatia.