"Biz murabbiyimiz bilan birgalikda yangi jihatlar ustida ishlayapmiz, lekin maqsadimiz yagona - g'alaba qozonish. Murabbiyimiz kundalik hayotimizda bizga katta e'tibor qaratadi.

Bazan u juda kamgap, lekin hatto o'z qarashi bilan ham bizga juda katta yordam beradi. U - afsona", – dedi Rabo.

Eslatib o'tamiz, Turkiya – Fransiya bellashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.