"Milan" yarim himoyachisi Adrien Rabo sobiq jamoasi "Yuventus" bilan bo'lajak uchrashuv haqidagi savolga javob berdi.

"Bu Skudetto uchun kurashishga tayyorligimizni sinovchi o'yin bo'ladi deb o'ylamayman, chunki mavsum endigina boshlandi, ammo bu o'yinlar bizga hozir nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatib beradi.

Shubhasiz, "Yuventus" bilan uchrashuv men uchun alohida voqelik bo'ladi, ammo men "Milan" uchun o'ynayman va har bir o'yinda g'alaba qozonishni istayman", - dedi Rabo.