Rabo o'z nomini «Milan» tarixiga yozdirib qo'ymoqchi

"Milan"ning frantsiyalik yarim himoyachisi Adrien Rabo klubda o'zini qulay his qilayotganini, o'z nomini uning tarixiga yozib qo'yishni orzu qilayotganini tan oldi. Rabo bungacha "PSJ", "Yuventus" va "Marsel" kabi klublarda to'p tepgan.
"Bunday klublarda o'ynash kichik narsa emas, albatta. Har qanday futbolchi uchun yaxshi tashrif qog'ozi. Men faxrlanaman. Umid qilamanki, "Milan"da ham meni ajoyib damlar kutmoqda, men o'z nomimni klub tarixiga yozib qo'ymoqchiman", - deya Rabioning so'zlarini keltiradi Le Figaro.
Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi, jamoa o'tgan turda Raboning sobiq klubi "Yuventus" bilan durang (0:0) o'ynagan edi.