Rabo: "Modrich futbolni yosh boladek yaxshi ko'radi"

Frantsiyalik yarimhimoyachi Adrien Rabo "Real"ni tark etib, Italiyaning "Milan" klubi bilan shartnoma imzolashga va Evropaning yana bir top-ligasida o'zini sinab ko'rishga qaror qilgan xorvatiyalik faxriy Luka Modrich haqida gapirdi.
"U futbolni yosh boladek yaxshi ko'radi. Maydon markazida o'zaro tushunishni a'lo darajada o'rnatdik. U meni qirq yoshimda irodasi, tirishqoqligi va g'alabaga bo'lgan intilishi bilan hayratga solishdan to'xtamaydi. Umid qilamanki, qirq yoshga to'lganimda menda ham shunday motivatsiya bo'ladi", - deya Raboning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Italiya klubi ayni damda A Seriya turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.