"Marsel" markaziy yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini Italiyada davom ettirishi kutilmoqda.

Massimiliano Allegri boshchiligidagi "Milan" frantsuz futbolchisini qo'lga kiritish uchun harakatni davom ettirmoqda va uning uchun 15 million evro to'lashga tayyor.

Raboning o'zi "Milan" 5 million evro maosh olmoqchi. U "Aston Villa"ga o'tishdan ko'ra "San-Siro"da Allegri qo'l ostida o'ynashni afzalroq deb bildi.