Rabo "Milan"ga o'tmoqda

"Marsel" yarim himoyachisi Adrien Rabo Italiya A Seriyasiga qaytmoqda. "Milan" 30 yoshli futbolchining transferi bo'yicha "Marsel" bilan kelishuvga erishdi, deyiladi insayder Fabritsio Romanoning yangi hisobotida. Bitim qiymati - 10 mln evro. Dushanba kuni frantsuz tibbiy ko'rikdan o'tadi va "rossonerilar" safiga o'tishni yakunlaydi. Xavbekning shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan.
Adrien Rabio o'tgan yilning sentyabr oyidan buyon "Marsel" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U vataniga qaytgunga qadar besh yil davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan.