Rabo "Milan"ga o'tish qarori haqida fikr bildirdi

Yozgi transferlar vaqtida "Milan" "Marsel" yarim himoyachisi Adrien Rabo bilan shartnoma imzoladi. Frantsuz futbolchisi bu transfer haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Milan" meni undan avvalgi yili ham taklif qilgandi. Biz muloqot qildik. Ammo o'shanda klubga sakkizinchi o'rindan yuqorilashga yordam bera olishimga ishonchim komil emas. Hozir "Milan"da o'ynash uchun eng maqbul vaqt keldi, deb hisoblayman," - deya Raboning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Rabo "Milan"ga Frantsiyaning "Marsel" klubidan ko'chib o'tgan edi. U o'tmishda "PSJ"da ham o'ynagan.