Yarim himoyachi Adrien Rabo "Marsel"ni tark etishni istamayapti, deb xabar berdi jurnalist Janluka Di Martsio o'z saytida.

Manbaga ko'ra, "Milan" 30 yoshli frantsuz haqida surishtiruv o'tkazgan, ammo futbolchi frantsuz klubida qolishni maqsad qilgan.

16 avgust, shanba kuni yarim himoyachi Adrien Rabo va hujumchi Jonatan Rou kiyinish xonasida janjallashib qoldi. Klub rahbariyati ularning ikkisini ham asosiy jamoadan chetlatdi, keyin esa transferga qo'ydi. Rabioning onasi va agenti "Marsel"ni bunday qaror uchun tanqid qilib, uni sotqinlikda aybladi.