Bugun, 29 mart kuni Frantsiya va Kolumbiya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ushbu bahsda «Milan»ning markaziy yarim himoyachisi Adrien Rabo frantsuzlarga yordam bera olmaydi.

Xavbek «uch ranglilar»ning o'yindan oldingi mashg'ulotini o'tkazib yubordi. Frantsiyaliklar bosh murabbiyi Dide Deshamning so'zlariga ko'ra, Rabio mashg'ulotdagi to'qnashuvdan so'ng tizza sohasida noqulaylik his qilmoqda. Ehtiyot chorasi sifatida futbolchi Kolumbiyaga qarshi uchrashuv qaydnomasidan tashqarida qoldiriladi.

Joriy mavsumda 30 yoshli Rabio klub miqyosida 25 ta o'yinda ishtirok etib, beshta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.