"Milan" yarim himoyachisi Adrien Rabo "Yuventus"ga (0:0) qarshi o'yindagi durangdan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Massimiliano Allegri jamoasi Turinda uch ochko olishi mumkin edi, biroq Kristian Pulishich 53-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi.

"Men uchun bu hissiy kecha. "Yuventus"ning ko'plab futbolchilarini, stadionni, xodimlarni va hatto murabbiy Tudorni ham bilaman. Bu erga qaytish yoqimli edi. G'alaba qozonishni istardim, ammo futbol shunaqa.

G'azabdaman, axir biz g'alaba qozonishimiz kerak edi - bizda etarlicha vaziyatlar bo'ldi, ammo nimadir etishmadi. Takomillashishda davom etish kerak, mavsum endi boshlandi," - deya Raboning so'zlarini keltiradi Football Italia.

Eslatib o'tamiz, frantsiyalik xavbek 2019-2024 yillar davomida "Yuventus" sharafini himoya qilgan. "Milan"ga u sentyabr oyi boshida "Marsel"dan o'tgan.