Rabo bilan A Seriyaning ikki grandi aloqa o'rnatdi

"Marsel" klubi jamoadoshi bilan urishib qolgani uchun transferga qo'ygan frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabo birdaniga 2 ta klubdan taklif oldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Napoli" va "Milan" Raboning moliyaviy istaklari borasida dastlabki muzokaralarni o'tkazgan. "Napoli" futbolchiga onasi orqali murojaat qilgan. Eslatib o'tamiz, ayni damda futbolchining maoshi yiliga 6 million evrodan sal kamroqni tashkil qiladi. "Marsel" transfer uchun kamida 15 million evro so'rashi kutilmoqda.
"Milan" Rabioning pozitsiyasida ortiqcha futbolchilardan xalos bo'lsa, uni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Shuni ham qo'shimcha qilish kerakki, 30 yoshli futbolchiga Turkiyaning ba'zi klublari qiziqish bildirmoqda.