Rabio: «Leauga hushtak chalish o'rniga, qiyin damda unga yordam berishimiz kerak»

Frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabio «Milan» jamoasi va shaxsan Rafael Leau sha'niga bildirilgan hushtaklar borasida o'z fikrini bildirdi. Rabo muxlislar portugaliyalik hujumchiga nisbatan bunday yo'l tutmasliklari kerakligini ta'kidlab, aksincha, uni qo'llab-quvvatlashni taklif qildi.
«Men ommaning noroziligini tushunaman, biz og'riqli mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Ammo Leauning manziliga yo'llangan hushtaklar menga yoqmayapti. Menimcha, bunday murakkab vaziyatda biz unga hushtak chalish o'rniga yordam berishimiz kerak. Hushtak chalish esa umuman foyda bermaydi», — deya Rabiodan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it nashri.
Eslatib o'tamiz, Rafael Leau 2019 yildan beri klub sharafini himoya qilib kelayotgan bo'lsa, Adrien Rabio «Milan» safiga kelib qo'shilganiga hali bir yil ham bo'lmadi.