Rabio: "Bu men uchun muhim yil bo'ladi"

Frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabio kelasi yilgi maqsadlari haqida gapirib berdi. U 2026 yil yozida Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi bilan klub darajasida muvaffaqiyat qozonishga umid qilmoqda.
"Meni ham klub, ham terma jamoa bilan g'alaba qozonishim mumkin bo'lgan muhim yil kutmoqda. Jahon chempionatida, iloji bo'lsa, finalda o'ynashni juda xohlayman. Italiya? U ham jahon chempionatiga chiqishini istayman", - deya Rabioning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Rabio "Milan" safida joriy mavsumdan buyon to'p tepib kelmoqda.