UEFA Ozarbayjonning «Turan Tovuz» klubini 2026/2027 yilgi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi. Ushbu qarorga kelishilgan o'yinlar tashkil etilgani sabab qilib ko'rsatilgan.

«Ozarbayjon klubi UEFA Konferentsiyalar ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi talablariga javob bermaydi deb topildi. 2026 yil 2 iyun kuni UEFA Apellyatsiya organi raisi quyidagi qarorni qabul qildi:

«Turan Tovuz» PFK 2026/2027 yilgi Konferentsiyalar ligasi reglamentining 4.01(g) moddasida nazarda tutilgan mezonlarga mos kelmagani uchun ushbu musobaqada ishtirok etish huquqiga ega emas deb e'lon qilinsin. Ya'ni, klub milliy yoki xalqaro darajadagi o'yin natijasiga ta'sir o'tkazish yoki uni tashkil etishga qaratilgan faoliyatda bevosita va/yoki bilvosita ishtirok etgan», — deyiladi UEFA rasmiy saytida.

Ushbu qaror 2019 yildagi ishga asoslangan bo'lib, o'shanda Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi kelishilgan o'yinlar tufayli «Turan»ning etti nafar futbolchisini chetlashtirgan edi. Klub rahbariyati UEFAning ushbu verdikti ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qilish istagini bildirdi.