Qozog'iston futbolida o'zgarish bo'ladi

Qozog'istonda oliy diviziondagi jamoalar soni ortadi.
2026 yilgi mavsumda QPL ishtirokchilari soni 14 tadan 16 taga etkaziladi. Tegishli qaror bugun Qozog'iston futbol federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi yig'ilishida qabul qilindi.
Shunga ko'ra, Qozog'iston Premer-ligasining 2025 yilgi mavsumi reglamentiga quyidagi o'zgartirishlar kiritildi:
- Chempionat yakuniy jadvalida 14-o'rinni egallagan klub QPLni tark etib, 2026 yilgi mavsumda Birinchi ligada ishtirok etadi.
- 2025 yilgi mavsumda Birinchi ligada 1, 2 va 3-o'rinlarni egallagan klublar 2026 yilgi mavsumda QPLda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Biroq bu huquq QPL ishtirokchilari tarkibiga kiruvchi jamoalar va ularning yoshlar tarkiblariga nisbatan tatbiq etilmaydi.