O'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan «Qo'qon-1912» jamoasi yangi mavsum oldidan ilk transferini amalga oshirdi.

So'nggi uch mavsumni «Neftchi»da o'tkazgan, o'tgan mavsum O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan tajribali yarim himoyachi G'ulomHaydar G'ulomov qo'qonliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

G'ulomHaydar G'ulomov «Neftchi» jamoasidan tashqari «Lokomotiv», OKMK, «Sho'rtan», «Mash'al», «Qizilqum» va «Bunyodkor» kabi jamoalarda to'p surgan.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.