"Qo'qon-1912" yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirmoqda.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, qo'qonliklar tayanch yarim himoyachi Iqbol Malikjonov va vinger Muhammadanas Hasanov bilan yangi 2 yillik shartnoma imzolagan.

Ma'lumot uchun, Hasanov o'tkan mavsum jamoa safida Superliga bahslarid 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 4 ta assist bor.

Jamoa sardori Iqbol Malikjonov esa o'tkan mavsum Superligada 26 ta bahsda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.

Manba: "Qo'qon-1912" klubi matbuot xizmati