“Qizilqum” braziliyalik futzalchi bilan shartnoma imzoladi

Yangi mavsumdan boshlab Oliy ligada qatnashadigan “Qizilqum” futzal klubi tarkibni kuchaytirmoqda.
Navoiyliklar braziliyalik futzalchi Rodriges de Souza Fernando bilan bitim imzoladi.
Bu futzalchi 2022 yilda BMB jamoasida o'ynagan. U erdagi faoliyati davomida O'zbekiston chempioni va kubogi sohibiga aylangan.
Rodriges de Souza faoliyati davomida Chexiya, Xitoy va Litva chempionatlarida ham o'ynagan.