Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «Manchester Yunayted» «Real Madrid» yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini o'z safiga qo'shib olishga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, «qizil iblislar» ushbu futbolchi uchun katta miqdorda mablag' sarflamoqchi. Yaqin vaqt ichida Angliya grandi Madrid klubiga rasmiy taklif bilan chiqadi. «Qirollik klubi» esa Tchuamenini sotishga tayyor, biroq uning transferidan kamida 100 million evro ishlab olmoqchi.

Ortda qolgan mavsumda Orelen Tchuameni «Real» safida 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi «gol+pas» tizimida 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Manba: Stadion.uz