Qit'alararo kubok finali. «PSJ» penaltilar seriyasida «Flamengo»ni engib, chempionga aylandi

Qatar poytaxti Dohada FIFA Qit'alararo kubok finali o'tkazildi. Unda Frantsiyaning "PSJ" klubi Braziliyaning "Flamengo" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.
O'yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida parijliklar aniqroq harakat qilishdi - 2:1
FIFA Qit'alararo kubok. Final
17 dekabr, 22:00. «Ahmad Bin Ali» (Doha)
PSJ - Flamengo - 1:1. Penaltilar seriyasi - 2:1
Gollar: Kvaratsxeliya, 38 (1:0). Jorjino, 62 - penaltidan (1:1)
PSJ: Safonov, Nunu Mendesh, Pacho, Markinos, Zair-Emeri, Ruis (Ndjantu, 105), Vitinya, Joau Nevesh, Due (Dembele, 78), Kvaratsxeliya (Mbay, 90), Li Kan In (Mayulu, 35, Barkolya, 64)
Flamengo: Rossi, Aleks Sandru, Leu Pereyra, Leo Ortis, Varela, Jorjino (Saul, 75), Pulgar (De la Krus, 75), Plata (Lino, 108), De Arraskaeta (Everton, 74), Karraskal (Pedru, 56), Brunu Enrike (Arauju, 90)
Ogohlantirishlar: Ruis, 33. Vitinya, 44. Pacho, 85 - Jorjino, 20. Aleks Sandru, 24. Pulgar, 64. Plata, 90. Saul, 96