Qilichbozlik. Gulistan Perdibaeva Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Ortda qolgan kun terma jamoamiz musobaqadagi dastlabki medaliga sazovor bo'ldi.
Mazkur medalni ayollar o'rtasidagi sablya dasturida ishtirok etgan Gulistan Perdibaeva qo'lga kiritdi.
Musobaqa davomida Hindiston, Xitoy va Yaponiya kabi mamlakatlar vakilalarini mag'lub etib yarim finalgacha etib borgan yurtdoshimiz bronza medali bilan taqdirlandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar