"Qayrat" va "Real" o'rtasidagi o'yin 2-3 milliard tenge daromad keltiradi va 4 mingdan ortiq sayyohni jalb qiladi

"Qayrat"ning Chempionlar ligasi doirasidagi "Real"ga qarshi uchrashuviga barcha chiptalar sotildi.
Jamoalar bugun musobaqa umumiy bosqichining 2-turida maydonga tushadi. Uchrashuv Olmaotada Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da bo'lib o'tadi.
"Qayrat" - "Real Madrid" o'yini 4 mingdan ortiq sayyoh va 2-3 mlrd tenge olib kelishi kutilmoqda," - dedi Qozog'iston Turizm va sport vazirligi Turizm sanoati qo'mitasi raisi Nurtas Karipbaev.