“Qayrat” ustozining natijadan hafsalasi pir bo'ldi

UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi o'yinida Qozog'istonning “Qayrat” klubi mehmonda Lissabonning “Sporting” jamoasiga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Qozog'istonliklar bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin natija haqida fikr bildirdi.
"Bu achinarli natija bo'ldi. Biz uchun o'yin 60 daqiqadan so'ng yakuniga etdi. Endi oldinga o'tish va keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rish vaqti keldi", - dedi mutaxassis.