UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi “Qayrat” – “Real Madrid” uchrashuvi uchun chiptalar 23 sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

Bu ma'lumot Olmaota jamoasining rasmiy saytida e'lon qilingan. Savdolar mahalliy vaqt bilan 17:00 da boshlanadi.

Qayd etilishicha, bir kishiga ikkitadan ortiq chipta sotilmaydi.

“Bir kishiga ikkitadan ko'p chipta olishga ruxsat berilmaydi va ma'lumotlar xarid qilishda ham, stadionga kirishda ham qat'iy tekshiriladi”, — deyiladi xabarda.