"Qayrat" futbol klubi Evropa Chempionlar Ligasining navbatdagi o'yinlariga chiptalar sotilishi bo'yicha rasmiy bayonot berdi, deb yozadi Zakon.kz.

Klubning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqlarda "Qayrat" - "Real" o'yini uchun chiptalar sotilgani yoki bron qilingani haqida tarqatilgan ma'lumotlar yolg'on.

"Klub sayti va "Qayrat" klubining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlari chiptalar haqidagi ma'lumotlarning yagona rasmiy manbalari hisoblanadi," - deyiladi rasmiy bayonotda.

Klubning ogohlantirishicha, ayni paytda chiptalar sotuvi boshlanadigan sana va narx hali belgilanmagan.