"Qayrat" Chempionlar Ligasini ikkita mag'lubiyat bilan boshladi.

Rafael Urazbaxtin jamoasini kecha "Real" tor-mor etdi (0:5).

18 sentyabr kuni uni "Sporting" mag'lub etgandi - 1:4. Ayni paytda Qozog'iston klubi jadvalning so'nggi pog'onasida bormoqda.

EChL debyutanti turnirning navbatdagi o'yinida Kiprning "Pafos" klubiga qarshi maydonga tushadi, u ham bu turnirda ilk bor o'ynamoqda - bu 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.