"Qayrat" hujumchisi Jorjino Pereyra "Los Blankos"ga qarshi o'yin oldidan "Real"ning hozirgi tarkibiga baho berdi.

Bugun, 30 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 2-tur o'yini bo'lib o'tadi.

"Vinisius, Mbappe, Rodrigo... Ular men uchun u qadar muhim emas, chunki men Krishtianu, Benzema, Di Mariya, Beyl, O'zilni ko'rganman.

Hurmat bilan aytganda, ular ham aql bovar qilmaydigan futbolchilar, ammo bu Krishtianuni tomosha qilish bilan barobar emas", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Marca.