"Qayrat" himoyachisi 38 yoshli jamoadoshi Yamalni to'xtata olishiga ishonmoqda

"Qayrat" himoyachisi Egor Sorokin 38 yoshli jamoadoshi Aleksandr Martinovichning o'yini haqida fikr bildirdi.
"U katta harflar bilan yoziladigan professional va katta o'rtoq. Ko'pincha mayda-chuyda narsalarda maslahat berib turadi. Uning natijalari kundalik mehnatining samarasidir. Tajribasi Martinovichga Yamalni to'xtatishga yordam beradimi? 100%! Albatta uddalaydi," - deya Sorokinning so'zlarini keltiradi Sport24.
Eslatib o'tamiz, Qozog'istonning "Qayrat" klubi Chempionlar Ligasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, o'z tarixida ilk bor final bosqichiga yo'l oldi.