"Qayrat" EChLga chiqqani uchun qancha ishlab oldi?

Kecha Qozog'istonning "Qayrat" klubi EChL umumiy bosqichiga so'nggi saralash pley-offi javob o'yinida Shotlandiyaning "Seltik" klubini (0:0, penaltilar - 3:2) penaltilar seriyasida mag'lub etib, o'z tarixida ilk bor EChLga chiqdi.
Xabarlarga ko'ra, jamoa Evropaning eng nufuzli turnirining umumiy bosqichiga yo'l olgani uchun 23,5 million evro ishlab olgan.
28 avgust kuni olmaotaliklar o'z raqiblarini bilib oladi.