"Qayrat" EChL pley-off saralash bosqichi javob uchrashuvida "Seltik"ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi.

Shotlandiyadagi birinchi o'yin va Qozog'istondagi javob o'yini bir xil - 0:0 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida "Qayrat" aniqroq bo'ldi - 3:2.

"Qayrat" tarixda ilk bor Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo'l oldi. Avvalroq Qozog'istondan EChLning asosiy bosqichiga faqat "Astana" 2015/16 yilgi mavsumda chiqqan edi.