"Qayrat" bosh murabbiyi "Arsenal" darvozasiga ikki bor gol kiritilganiga munosabat bildirdi

Qozog'istonning "Qayrat" klubi bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin Chempionlar ligasi doirasida "Arsenal" bilan bo'lib o'tgan o'yinga o'z munosabatini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu bahs shu hafta Londonda bo'lib o'tdi va 3:2 hisobida "kanonirlar"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
- Menimcha, biz "Arsenal"ga joriy yilgi Chempionlar Ligasida ikkita gol urgan yagona jamoamiz. O'ziga xos yutuq (kuladi) - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi "Chempionat."
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida Urazbaxtin jamoasi bor yo'g'i 1 ochkoni ("Pafos" bilan durang) qo'lga kiritdi. Klub turnirni jadvalning so'nggi pog'onasida yakunladi.