Frantsiyalik taniqli sobiq futbolchi Jibril Sisse JCh-2026 oldidan Frantsiya terma jamoasining asosiy raqibi kim ekanini aytdi.

Sisse argentinaliklarni qattiq yomon ko'rishini tan oldi.

"Men argentinaliklardan qattiq nafratlanaman... Hozir ular bizning jahon maydonidagi eng katta dushmanlarimizdir," - dedi Sisse.

Eslatib o'tamiz, JCh-2022 finalida Argentina aynan Frantsiyani mag'lub etgandi.